Siyosat
Toshkentda Markaziy Osiyo va Koreya parlamenti spikerlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva yalpi majlisdagi nutqida mazkur konferensiya Markaziy Osiyo mintaqasida yangi siyosiy dinamikani shakllantirish, parlamentlararo ishonch va muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muloqot tizimli tus olib, mintaqaning jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlash va parlamentlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bu jarayonning muhim asosi sifatida belgilab qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
Delegatsiyalar rahbarlari o‘z so‘zlarida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish muhimligini ta’kidlab, ushbu format Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muhim muloqot maydoniga aylanganini ta’kidladilar.