Jamiyat

Toshkentda markaziy ko‘chalar ta’mirlanib, «aqlli» svetoforlar o‘rnatilmoqda

Published

on


Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi hamda transport o‘tkazuvchanligini oshirishga qaratilgan ishlar rejali asosda davom etmoqda. Jumladan, poytaxtning qator markaziy ko‘chalarida asfaltlash, frezalash va infratuzilmani yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Buyuk ipak yo‘li hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chalarida frezalash va asfaltlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab 3 ta chorrahada «aqlli» svetoforlarni o‘rnatish uchun yer qazish, asfalt kesish va kabel o‘tkazish ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Salom choyxonasi» avtobus bekatini yangilash maqsadida uning poydevor qismi ta’mirlandi.

Sebzor ko‘chasida ham asfaltlash ishlari davom ettirilib, ko‘chaning Abdulla Qodiriy va Nurafshon ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida reja asosida frezalash hamda asfaltlash ishlari yakunlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version