Jamiyat

Toshkentda lift ichida qolib ketgan 5 nafar fuqaro qutqarildi

Published

on


FVV qutqaruvchilari lift ichida qolib ketgan 5 nafar fuqaroni sog‘-salomat qutqarib oldi.

Kecha, 26 sentabr kuni soat 10:49 da Toshkent shahar FVBga «112» tizimi orqali Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan binolarning birida lift ichida 5 nafar fuqaro qolib ketgani va ularga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ichida qolib ketgan fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version