Jamiyat
Toshkentda ko‘chalardan biri bir oyga transport harakati uchun yopildi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda Yangi O‘zbekiston bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.
Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Yangi O‘zbekiston bog‘i manzilida yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan 2025 yil 9 iyul soat 07:00 dan 2025 yil 9 avgust kuniga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) Yangi O‘zbekiston bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.
Avtoulovlar harakati Yangi O‘zbekiston bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali Milliy bog‘ ko‘chasiga yo‘naltiriladi.