Jamiyat
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Ayrim avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritiladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida qurilish-montaj ishlari o‘tkazilishi sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 18 iyul soat 15:00 dan 21 iyul soat 6:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. Ushbu davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilindi.
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu hududda qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi:
34-son avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor metro bekati yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
64-son avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
87-son avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi — Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
116-son avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
131-son avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
147-son avtobus Chorsu savdo markazi AShB — Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Ushbu avtobuslarning qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi.