Jamiyat
Toshkentda jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi
Prezident Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan PQ–368-son qarorini imzoladi.
Qaror bilan Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:
aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish.
Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
zamonaviy raqamli va «yashil» texnologiyalarni qo‘llash orqali Toshkent shahrida transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish,
Toshkent shahrining transport master rejasini yaratish;
hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish;
Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yo‘l o‘tkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining to‘xtab turish joylarini tashkil qilish.