Sport

Toshkentda jahon kubogi taqdimoti o‘tkazildi

Published

on


Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, futbol jamoatchiligi va ko‘p sonli muxlislar ishtirok etishdi.

Kubok taqdimotida 2006 yilgi jahon chempioni, italiyalik Marko Materatssi ham ishtirok etdi.

Ma’lumki, jahon chempionlariga topshiriladigan kubok an’anaga muvofiq har mundial yili jahon turi doirasida ko‘plab mamlakatlarga olib kelinadi. Joriy yildagi taqdimot esa milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan ham bog‘liq.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version