Jamiyat

Toshkentda ijara haqi sabab talabalar va ijarachi o‘rtasida janjal yuz berdi

Published

on


Toshkent shahrining Sergeli tumanida ijara haqi bo‘yicha kelishmovchilik ortidan talabalar va ular bilan birga yashovchi fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Holat yuzasidan ishtirokchilarning shaxsi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 mart kuni Toshkent shahar Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Sergeli-7 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida ijarada yashab kelayotgan Toshkent davlat yuridik institutining bir necha talabasi hamda ular bilan birga yashovchi fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroga ijara haqini to‘lash masalasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan voqea ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularga javob berilgan. Ayni paytda to‘plangan materiallarni qonuniy chora ko‘rish uchun tuman sudiga yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version