Jamiyat
Toshkentda havo ifloslanishi keskin oshdi
Poytaxtda havodagi PM10 va PM2.5 mayda zarrachalar miqdori me’yordan oshgani qayd etildi. Bu zarrachalar inson salomatligi uchun eng xavfli bo‘lib, nafas yo‘llari va yurak-qon tomir tizimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, shunday ob-havo sharoiti respublika bo‘ylab yana bir necha kun saqlanib qolishi mumkin.
Imkon bo‘lsa, ko‘chada uzoq qolmaslik, niqob taqish va xonalarni chang-gaz kirmaydigan tarzda yopiq saqlash tavsiya etiladi.