Jamiyat

Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Published

on


Poytaxt ko‘chalarida haydovchi mashinasini soatiga 200 kmdan ham ortiqroq tezlikda haydagan. Qoidabuzarlik holati tasvirga olinib, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan.

Poytaxt YHXB holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazgan. Mashina topilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, holat 9 martga o‘tar kechasi Sergeli tumani hududida sodir bo‘lgan. 

Mercedes-Benz mashinasiga “migalka” qo‘yib, yuqori tezlikda harakatlangani uchun haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Idora e’lon qilgan videoda haydovchi qilgan xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BMW haydagan maktab o‘quvchisi yo‘l-patrul xodimini urib ketgan va hodisa oqibatida xodim vafot etgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli reydlar boshlandi. 

Xususan, 26 fevraldan 3 martgacha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlangan. Bu videolar asosida 66 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.




Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version