Jamiyat

Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi

Published

on


U savdo shoxobchasining hujjatlarini rasmiylashtirish va gaz tarmog‘iga ulash evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.

Toshkent shahrining Sergeli tumani gaz ta’minoti bo‘limida ishlovchi mas’ul shaxs 21 ming dollar olayotganida ushlandi.

U tuman hududida joylashgan, hujjatlari noqonuniy bo‘lgan savdo shoxobchasini tanishlari orqali 16 ming dollarga rasmiylashtirish hamda ushbu savdo do‘koniga gaz tarmog‘ini ulash uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, 5 ming dollar talab qilib, jami talab qilingan 21 ming dollarni murojaatchidan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  to‘rtinchi qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 211-moddasi (pora berish) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version