Jamiyat

Toshkentda FVV qutqaruvchilari bemorni yuqori qavatdan tushirishda yordam berdi

Published

on


Yashnobod tumanining Aviasozlar-4 dahasida sog‘ligi yomonlashgan fuqaro tez yordam chaqirgan. Bemorni yuqori qavatdan tushirish uchun tez tibbiy yordam xodimlari FVV qutqaruvchilarini jalb qildi.

Kuni kecha Toshkent shahar Yashnobod tumani, Aviasozlar-4 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro sog‘ligi yomonlashgani sababli tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bemorni uyning yuqori qavatidan tushirishda qo‘shimcha kuch zarurligini inobatga olib, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

FVV qutqaruvchilari manzilga yetib borib, tez tibbiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda bemorni pastga tushirish ishlarini amalga oshirgan va uni shifoxonaga yetkazgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version