Jamiyat

Toshkentda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari davom etmoqda

Published

on


Toshkent shahri hududida odamlar ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan maskanlar (binolar)ning favqulodda vaziyatlar, xususan yong‘in sodir bo‘lishida belgilangan xavfsizlik talablariga javob berishi bo‘yicha davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar poytaxt bo‘yicha jami 55 ta davlat yong‘in nazorati tekshiruvi o‘tkazilgan. 

Tekshiruvlar natijasida 32 ta bino (inshoot) va xonalarda yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilgani, bu esa insonlar hayotiga xavf solishi mumkinligi aniqlangan. 

Shu sababli mazkur obektlarning ish faoliyati kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Ayni paytda ish faoliyati to‘xtatilgan obektlardagi tadbirkorlar tomonidan aniqlangan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version