Jamiyat

Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

Published

on


Joriy yilning 7 iyul kuni soat 12:30 larda Yangihayot tumani 4P21 yo‘lining “Jaloyir” MFYga kirish qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi S.I. Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, haydovchi Sh.B.  boshqaruvidagi FREHAUF TF34 rusumli yuk avtomobilining yarim tirkamasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Damas transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version