Jamiyat

Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi

Published

on


Tarmoqlarda ikki kishi avtomobilini itlar ustiga haydagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBBga ko‘ra, ular Uchtepadagi bozorlardan birida qorovul bo‘lib ishlaydi. Holat bo‘yicha hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi va hujjatlar sudga yuborildi.

Toshkentd shahrida hayvonlarga nisbatan navbatdagi shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro avtomobilini itlar ustiga haydagani aks etgan video tarqaldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 5 aprel kuni soat 23:00 atrofida Uchtepa tumanidagi bozorlardan birida sodir bo‘lgan.

Itlarni avtomobilda bosib o‘ldirganlar ikki qorovul 29 yoshli T. M. va 30 yoshli M. D. ekani aniqlandi.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu huquqbuzarlik uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1,2 mln so‘mdan 2,06 mln so‘mgacha) miqdorda jarima ko‘zda tutilgan.

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, prezident tomonidan 25 mart kuni imzolangan qonunga muvofiq, 28 iyundan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga oid o‘zgartirishlar kuchga kiradi. Hayvonlarni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynash yoki ularga azob berish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilanadi (hozirda – 3 dan 5 baravargacha).

Xuddi shunday harakatlar jarima qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, yoxud voyaga yetmagan shaxs huzurida amalga oshirilsa yoki hayvonlar o‘limiga sabab bo‘lsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha (hozirda – 5 dan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi (hozirgidek) bilan tahdid soladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version