Jamiyat

Toshkentda bola o‘g‘irligi haqidagi xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi

Published

on


Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘irligi holatlari qayd etilmagan. 

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda go‘yoki Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani, maktablar, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lgani haqida audio ovozli xabarlar tarqalmoqda. 

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, mazkur xabarlar haqiqatga zid bo‘lib, Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘irligi holatlari qayd etilmagan. 

“Hurmatli shahar aholisi va mehmonlari! Iltimos, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmang va ularni tarqatmang. Yolg‘on axborot tarqatish qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi rasmiy organ xabarnomasida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version