Jamiyat

Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi

Published

on


Yanvar, fevral, mart oylarida Toshkent shahri avtobuslarida yo‘lkirani to‘lamasdan harakatlangan 32 450 nafar yo‘lovchi javobgarlikka tortildi. Transport inspeksiyasiga ko‘ra, qaysi yo‘nalishdagi avtobuslarda reydlar kuchaytirilsa, o‘sha yo‘nalishlarda yo‘l haqini to‘lash darajasi oshishi kuzatilyapti.

Toshkent shahri avtobuslarida yo‘lkirani to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda, deya xabar berdi Transport nazorati inspeksiyasi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida inspektorlar tomonidan 32450 ta holatda qoidabuzarlik aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

“Hozirda to‘lov tizimi va inspektorlar faoliyati raqamlashtirilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari monitoring natijalaridan kelib chiqib, yo‘nalishlarda manzilli amalga oshirilmoqda. Jumladan, 8 ta yo‘nalishda (2026 yil boshidan 28 ta) yo‘l haqi nazorati kuchaytirilgan tartibda o‘tkazildi va natijada yo‘nalishlarda tranzaksiyalar soni nisbatan oshdi”, deyiladi xabarda

Transport nazorati inspeksiyasi barcha yo‘lovchilardan jamoat transportidan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya qilib, yo‘l haqqini o‘z vaqtida to‘lashni so‘radi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan, jamoat transportida yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchilar BHMning o‘ndan bir qismi (hozirda 41 200 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version