Jamiyat
Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi
Al-Xorazmiy aylanma yo‘lidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l 3 kunga transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Foto: Chilonzor tumani hokimligi
Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkaziladi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ko‘chaning Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10 oktyabr soat 09:00 dan 13 oktyabr soat 09:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralgan.