Mahalliy

Toshkentda «Afrosiyob» emas, manyovr lokomotivi yongani aniqlandi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yong‘in aks etgan videoga nisbatan rasmiy izoh berildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lum qilishicha, voqea «Afrosiyob» poyezdida emas, unga xizmat ko‘rsatuvchi manyovr lokomotivida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Toshkent Yo‘lovchi» stansiyasida manyovr ishlari vaqtida 2711-sonli TEM2 teplovozining chiqindi kollektorida yig‘ilgan moy qoldiqlari uchqunlanib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Hodisa vaqtida poyezdda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Mutaxassislar voqea joyiga tez yetib borib, yong‘inni batamom bartaraf etishgan. Lokomotivga yetkazilgan zarar katta emas — u ish faoliyatini davom ettirmoqda.

«Afrosiyob» tezyurar poyezdining barcha reyslari o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani, harakat jadvalida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi qayd etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version