Jamiyat

Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi

Published

on


Matiz haydovchisi 2024 yil aprel oyidan bugungi kunga qadar yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgan. Unga 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. Jarima miqdori esa 311 mln so‘mdan oshgan.

Toshkent shahrida 900 dan ortiq qoidabuzarlik sodir qilgan Matiz aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Matiz haydovchisi 2024 yil aprel oyidan bugungi kunga qadar yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzib kelgan. Unga 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. Jarima miqdori jami 311 mln so‘mdan oshgan.

Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini pisand qilmaslikni odatga aylantirgan. Ammo huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarni to‘lashga shoshilmagan. Oqibatda qarzdorlik yillar davomida yig‘ilib borgan va Matiz qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va majburiy ijro harakatlari natijasida 15 may kuni Matiz topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Farrux Toshpo‘latovga ko‘ra, bu sodir etilgan qoidabuzarlik son jihatdan hozircha “rekord” bo‘lib turibdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version