Jamiyat

Toshkentda 48 ming dollarni 600 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy valuta ayirboshlash holati aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.I. fuqaro Sh.B.ga 48 600 AQSh dollarini 600 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davomida 49 900 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish bo‘yicha tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov jarayonida hodisaning barcha holatlari, shuningdek, mablag‘larning kelib chiqishi va noqonuniy valuta operatsiyasiga aloqador boshqa shaxslar mavjudligi masalasi ham o‘rganilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version