Jamiyat

Toshkentda 4-sinf o‘quvchisining kaltaklangani holatiga oydinlik kiritildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktabda bir necha o‘quvchi 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 300-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida maktab binosi ichida ro‘y bergan holat tasvirlangan video tarqaldi.

Mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijalarida aytilishicha, holat 20 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Maktabning 4-sinf o‘quvchisi I.A va sinfdosh o‘g‘il bolalar o‘rtasida darsdan so‘ng dahanaki nizo ortidan janjal kelib chiqqan. Maktab ma’muriyati bu holat yuzasidan hudud profilaktika inspektori va maktabga biriktirilgan inspektor psixologlarga xabar bergan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, I.A bilan janjallashgan o‘quvchilar — I.A. va E.J.ning ota-onasi MJtKning 47-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, bu kabi holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ota-onalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda maktab direktori va mas’ullarga intizomiy chora ko‘rildi, deyiladi Toshkent shahar MMTB xabarida. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version