Jamiyat

Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi

Published

on


Toshkentda 115-sonli «ToshGRES ma’muriy binosi – Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishi 2025 yil 4 dekabrdan boshlab G‘isht zavod bekatigacha uzaytirilib, yo‘lovchilar uchun harakat vaqti 05:00 dan 23:15 gacha etib belgilandi. 

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha 2025 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash ishlari davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, 2025 yil 4 dekabrdan boshlab 115-sonli «ToshGRES ma’muriy binosi — Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishining qatnov yo‘li yangilanib, ToshGRES ma’muriy binosidan G‘isht zavod bekatigacha uzaytirildi.

«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 115-sonli avtobuslar harakat vaqti 05:00 dan 23:15 gacha etib belgilangan. Yangilangan yo‘nalish yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version