Jamiyat

Toshkent viloyatida valutani chegaradan noqonuniy o‘tkazish kanaliga chek qo‘yildi

Published

on


DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida mamlakatdan Qozog‘istonga “tashmachi” fuqarolar orqali naqd xorijiy valutani noqonuniy tarzda olib chiqishga qaratilgan kanal fosh etildi. Yirik miqdordagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida rasmiy tarzda hujjatlashtirib olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi hisoblangan 1995 yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 million 622 ming Rossiya rublini kichik partiyalarga bo‘lgan holda Qozog‘istonga olib o‘tish uchun “tashmachi” shaxsga topshirayotgan vaqtda ushlangan.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, guruh yetakchisining avtotransport vositasi va yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvlar natijasida qo‘shimcha ravishda 11 220 AQSh dollari, shuningdek, mazkur pul mablag‘larining asl egalari qayd etilgan daftar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version