Jamiyat

Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

Published

on


Realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (21,4 million so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent  viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan  «M.G.L» MChJga qarashli AYoQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan avtobenzin qiymati 50 foizi miqdorida (21,4 million so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.

Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version