Jamiyat

Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Published

on


Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berishi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, u 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zi istiqomat qiluvchi uyning ko‘cha qismida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashi uchun ruxsat berish evaziga 3 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur rahbar xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version