Jamiyat
Toshkent viloyatida chiqindi tariflari narxi oshadi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 24-martdagi qaroriga ko‘ra, 1-apreldan chiqindi olib ketish tariflari oshiriladi. Yangi tariflar aholi va tashkilotlar uchun alohida belgilangan.
Xususan, fuqarolar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi bir kishi uchun oyiga QQSsiz 9 700 so‘m, QQS bilan 10 864 so‘m etib belgilandi.
Budjet va xo‘jalik tashkilotlari uchun esa bir kubometr chiqindi narxi QQSsiz 86 890 so‘m, QQS bilan 97 316 so‘mni tashkil etadi.
Yangi tariflar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tizimidagi korxonalarga taalluqli. Jumladan, «Zero Waster» MChJ, «Zangiota Obodon» MChJ, «Angren Bunyod Fayz» MChJ, «Rahnamo Servis» MChJ, «Ohangaron Sanitariya Tozalash» MChJ hamda «Toshkent viloyati Toza hudud» DM ushbu qaror doirasida ish yuritadi.