Jamiyat

Toshkent viloyatida bir qancha qoidabuzar haydovchilarning “prava”lari olib qo‘yildi

Published

on


Toshkent viloyati, Qibray tumanda o‘tkazilgan sayyor sudda yo‘l qoidabuzarligi bo‘yicha 45 nafar haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 4 nafar mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar transport vositasini uch yil muddatga boshqarish huquqidan mahrum etilgan.

Shu bilan birga, 9 nafar fuqaro yo‘l bezoriligini sodir etganligi uchun avtomobil boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etilib, qo‘shimchasiga bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, 32 kishiga turli miqdordagi jarimalar belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version