Jamiyat
Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
Unda, Yangiyo‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkor «X.M.»ga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 78 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.