Jamiyat

Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Published

on


Gidrometeorologiya xizmati Toshkent viloyati aholisini ogohlantirdi. 

5-7-noyabr kunlari kutilayotgan havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda havo harorati keskin pastladi. Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kuzatildi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version