Jamiyat

Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona, Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida giyohvandlik vositalarining yirik partiyalari aniqlandi. Uch holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Ohangaron tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 4 kg 935 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olayotgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, ushlangan shaxs internet-narkodo‘konda “omborchi” sifatida faoliyat yuritgan bo‘lib, giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida yashirib ketilgan lokatsiyalardan olish, qismlarga ajratish va mamlakatning turli viloyatlariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, DXX xodimlari Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsni to‘xtatgan. Uning qo‘lidagi xo‘jalik qopi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, undan 9 kg 829 gr “gashish” moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan holatda esa DXX hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada, u muqaddam qo‘shni davlatlarning biridan olib kelingan 4 kg 652 gr “opiy”, 380 gr “gashish” va 492 gr “marixuana”ni kelgusida mijozlarga sotish maqsadida saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda har uchala holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version