Iqtisodiyot

Toshkent va Lyublinda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi

Published

on


O‘zbekiston diplomatlari Polsha Milliy savdo palatasining Business Fair Play Programme milliy komissiyasi prezidenti Anna Shesnyak bilan uchrashdilar.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatdagi ko‘rgazmalarda, shuningdek, 2025 yil 12 fevral kuni Lyublin shahrida va 25 fevral kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan O‘zbekiston-Polsha qo‘shma biznes-forumlariga Business Fair Play Programme dasturida g‘olib bo‘lgan polyak kompaniyalarining ishtirokini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Tomonlar mazkur tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi biznes imkoniyatlarini yaratish va savdo aylanmasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version