Jamiyat

Toshkent va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi va Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining «Sayilgoh» ko‘chasi va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi.

Tadbir doirasida:


fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan «Konstitutsiya burchaklari» tashkil etiladi;
taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi;
sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;
sayyor qabullar tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi tadbir «Sayilgoh» ko‘chasida 2025-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version