Jamiyat
Toshkent tumanida xususiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan xususiy xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyul kuni soat 19:41 da 112 tizimi orqali Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani Uch chinor mahallasida joylashgan xususiy xonadonlardan birining tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar ortidan qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni tezkorlik bilan o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
FVV ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.