Jamiyat
Toshkent tumanida sex yonib ketdi
Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bugun, 5-iyun kuni soat 18:40 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Mehnat” MFY, hududida joylashgan sexlarning yong‘in ro‘y bergan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:50 da hodisa joyiga yetib borib, bir soatda yong‘in o‘chirilgan.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Voqea joyiga FVV raxbariyati, Toshkent viloyati FVB rahbar va xodimlari yetib borgan.