Jamiyat

Toshkent shahridagi barcha o‘quvchilar va talabalar yotoqxonalarida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi

Published

on


Mashqlar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida FVV tomonidan o‘tkaziladi.

20-21-sentabr kunlari Toshkent shahridagi barcha o‘quvchilar va talabalar yotoqxonalarida kunduzgi va tungi vaqtlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, mashqlar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

Boshqarmaning bildirishicha, FVV fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida, mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘ragan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version