Jamiyat
Toshkent mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi
Yangi korxonalar tashkil etilishida qaysi hududlar yetakchi? Milliy statistika qo‘mitasi bu haqda ma’lumot berdi. 2025 yilning yanvar–avgust oylari davomida respublikamizda jami 58 502 ta korxona-tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 foizga oshgan.
Ular hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 12 796 ta;
Toshkent viloyati – 5 788 ta;
Xorazm viloyati – 5 251 ta;
Farg‘ona viloyati – 4 814 ta;
Samarqand viloyati – 4 429 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3 654 ta;
Surxondaryo viloyati – 3 395 ta;
Buxoro viloyati – 3 268 ta;
Andijon viloyati – 3 166 ta;
Namangan viloyati – 3 044 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 684 ta;
Jizzax viloyati – 2 483 ta;
Navoiy viloyati – 2 246 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 484 ta.