Jamiyat

Toshkent metrosining ikki bekatida harakat to‘xtatildi

Published

on


Toshkent metrosining ikki bekati oralig‘idagi harakat vaqtincha to‘xtatildi. 

2025-yil 8-iyundan Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishidagi “Quruvchilar” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi metro harakati profilaktika ishlari sababli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ushbu oraliqda 1M sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Yo‘nalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan bo‘lib, ushbu avtobus yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘lovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi. Poyezd harakati qachon tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version