Jamiyat

Toshkent metrosida tarixiy rekord! Haftaning qaysi kunlari eng ko‘p yo‘lovchi tashilmoqda?

Published

on


Toshkentliklar va shahar mehmonlari tobora ko‘proq metroni tanlashmoqda. «Toshkent metropoliteni» DUK e’lon qilgan statistika shundan dalolat bermoqda.

2026-yil 8-may kuni Toshkent metropoliteni bir kun davomida naq 1 117 061 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, tarixiy rekord qayd etildi. Bu o‘tgan yilniyam mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natijadir.

Bir kun avval, 7-may kuni Toshkent metrosi o‘z tarixidagi eng katta ko‘rsatkichlardan birini yangilagan va bir kunning o‘zida 1 105 883 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Solishtirish uchun: 2025-yilning 8-may kuni yo‘lovchilar soni jami 986 916 nafarni tashkil etgan edi.

2025-yil 15-may kuni 953 220 nafar yo‘lovchi metro xizmatidan foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 14-may kuni ushbu ko‘rsatkich 1 044 736 nafarga yetdi va 9,6 foizlik o‘sish kuzatildi.

Ta’kidlanishicha, metropoliten xizmatlaridan yo‘lovchilar eng ko‘p haftaning payshanba va juma kunlari foydalanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version