Jamiyat

Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi

Published

on


Bunga tunnel ichida harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi metall buyum aniqlangani sabab bo‘lgan. Holat bartaraf etilguncha poyezd “Pushkin” va “Hamid Olimjon” bekatlari orasida to‘xtab turgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida poyezd bekatlar oralig‘ida to‘xtab qolgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy ma’lumot berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 23 yanvar kuni soat 23:31 lar atrofida “Pushkin” metro bekatidan “Hamid Olimjon” bekati tomon harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibi tunnel ichida harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi metall buyum mavjudligini aniqlagan. Bu haqda zudlik bilan poyezd nozimi xabardor qilingan. Harakat nizomiga asosan kontakt relsdan tok uzilgan holda xodimlar tomonidan harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.

Holat bartaraf etilgunga qadar poyezd taxminan 13 daqiqa to‘xtab turgan. Yo‘l tozalangach, poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida qayta tiklangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version