Jamiyat
Toshkent metrosida 56 ta yangi vagon harakatga chiqarildi
Toshkent metropoliteni vagon parki 14 ta zamonaviy harakat tarkibi — jami 56 ta yangi vagon bilan to‘ldirildi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati ma’lum qildi.
2026 yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Rejadagi barcha vagonlar yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar metropoliten parkiga olib kelindi.
Yangi harakat tarkiblarining xarid qilinishi natijasida Toshkent metropoliteni vagon parkini qariyb 70 foizga yangilashga erishildi.
Yangi poyezdlar metropolitenning to‘rtta yo‘nalishida harakatlanmoqda. Natijada, ayniqsa, kunning tig‘iz vaqtlarida poyezdlar harakati oralig‘i qisqargan.
Hozirda tig‘iz vaqtlarda poyezdlar:
Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqalik;
O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqalik;
Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqalik;
Yer usti halqa yo‘nalishida — 7–8 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.