Jamiyat

Toshkent markazida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi

Published

on


Poytaxtning Yakkasaroy tumanida sodir etilgan YTH haqida ma’lumot taqdim etildi.

2025 yilning 26 avgust kuni soat 14:30 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, ZEEKR rusumli transport vositasi, Matiz rusumli transport vositasi, «Vaz-2105» rusumli transport vositasi va Nexia-2 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida ZEEKR avtomashinasi haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version