Jamiyat
Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar kechiktiriladi
Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi HY271/272 reyslari o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi.
Texnik sabablarga ko‘ra, faqat 12 iyun kuni Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi HY271/272 reyslari kechiktiriladi va o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi.
O‘zgartirilgan jadval:
Toshkentdan uchish — 12:00, Istanbulga yetib kelish — 15:20;
Istanbuldan uchish — 16:30, Toshkentga yetib kelish — 23:00.
Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.