Jamiyat

Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi

Published

on


Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimiga tayinlandi.

Baxshillo Xodjayev 1982-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistratura bosqichini, 2018-yilda Nagoya (Yaponiya) universitetining  doktoranratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda «Mezon xususiy xizmati» advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan.

Tayinlovga qadar (2022-yildan) Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozim lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version