Iqtisodiyot

Toshkent aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

Published

on


2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘rtacha 21,6 mln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi – 99,5 mln so‘m.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,2 foizga oshgan.

Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha qayd etilgan: Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 13,2 mln so‘m, Andijonda — 12 mln so‘m, Buxoroda — 15,9 mln so‘m, Jizzaxda — 12,4 mln so‘m, Qashqadaryoda — 11,4 mln so‘m, Navoiyda — 18,3 mln so‘m, Namanganda — 13,3 mln so‘m, Samarqandda — 13,9 mln so‘m, Surxondaryoda — 9,3 mln so‘m, Sirdaryoda — 12 mln so‘m, Toshkent viloyatida — 17,7 mln so‘m, Farg‘onada — 13,3 mln so‘m, Xorazmda — 13,9 mln so‘m.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 99,5 mln so‘m.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version