Jamiyat
To‘rt oyda salkam 50 ming turkiyalik O‘zbekistonga keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
– xizmat yuzasidan – 19 462 nafar
– sayyohlik – 16 260 nafar
– qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar
– tijorat – 154 nafar
– o‘qish – 123 nafar
– davolanish – 20 nafar