Iqtisodiyot

to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi

Published

on


Qohira shahrida O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida o‘tgan biznes-forumda qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Tadbirning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tekstil va tikuv-trikotaj sanoatidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirishdan iborat bo‘ldi.

Forumda O‘zbekiston va Misrning Bukhara Textile Cotton, Tashkent Cotton Textile, Lufian Tex, Smart Apparel, T&C Garment, Erak Giyum, Lotus, Sheeba International kabi paxta-to‘qimachilik klasterlari, ip-kalava, mato va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalari ishtirok etdi. Ular eksport-import salohiyati, bozordagi talab, ishlab chiqarish standartlari hamda logistika yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot almashdilar.

Shuningdek, forum doirasida B2B uchrashuvlari tashkil qilinib, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlar belgilab olindi. Qator kompaniyalar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarning sinov partiyalarini yetkazib berish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va uzoq muddatli shartnomalar tuzish imkoniyatlarini muhokama qildi. Xomashyo yetkazib berishning barqaror zanjirlarini shakllantirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish hamda tajriba almashishni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida muloqotni muntazam davom ettirish, qo‘shma seminar va ko‘rgazmalar tashkil etish, o‘zaro ishbilarmonlik tashriflarini rivojlantirishga kelishib olindi. Qayd etilishicha, Qohiradagi to‘qimachilik forumi O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

Misr To‘qimachilari palatasi raisi Hamdi Abu al-Anayn O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mintaqada yuqori salohiyatga ega ekanini ta’kidlab, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Misrda birgalikda ishlab chiqarish va xorijiy bozorlarga eksport qilish, omborxona va shou-rumlar tashkil etish, savdo aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version