Siyosat

Tolstoy uchun tinchlik mukofoti O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlariga topshirildi

Published

on


Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli shaxsiy hissalari uchun e’tirof etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Lev Tolstoy nomidagi Tinchlik mukofoti medallarini O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari Shavkat Mirziyoyev, Emomali Rahmon va Sadir Japarovga mukofot hakamlar hay’ati raisi, taniqli dirijyor Valeriy Gergiev topshirdi.

Uch davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashdagi muhim shaxsiy rollari uchun ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

Tolstoy nomidagi Tinchlik mukofoti Rossiya tarix jamiyati va Rossiya tinchlik fondi tomonidan taʼsis etilgan. Urushning oldini olish, ko’p qutbli, zo’ravonliksiz dunyoni barpo etish va tinchlikni mustahkamlashga qo’shgan ulkan hissasi uchun mukofotlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni damda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version