Dunyodan
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar: qurbonlar haqida ma’lumot
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvlarda ikki tojik chegarachisi va bir necha afg‘on jangarisi halok bo‘ldi.
Ma`lumotlarga ko’ra, tojik chegarachilari va qurollangan narkotik savdogarlari o’rtasida to’qnashuv yuz bergan.
Azodi radiosining xabar berishicha, voqea 24 dekabr kuni Shamsiddin Shohin tumanining Bahorak hududida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 28 yoshli Ismatulo Qurbonov va 33 yoshli Girevon Navrozbekov halok bo‘lgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bir necha narkotik sotuvchisi oʻldirilgan, biri qoʻlga olingan, qolgan toʻrt nafari esa qochib ketgan.
Afg‘onistonning “Hashti Subh” nashri ham mojaro haqida xabar berib, Afg‘oniston hududidan o‘q uzgan ikki jangari tojik chegarachilari tomonidan otishmaga javoban mag‘lub bo‘lganini yozdi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, otishma Badaxshon viloyatining Shahri Buzurg tumani va Taxar viloyatining Choʻxi Ob tumani oʻrtasidagi chegara hududida sodir boʻlgan.
Hozircha Tojikiston va Afg‘oniston rasmiylari voqea yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot bermagan.