Sport

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi

Published

on


O‘FA u o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabini tark etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirib, O‘FA rahbariyatiga lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.

Mutaxassisga boshqa klubdan taklif tushgani va u bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritish niyatida ekani bois, O‘FA rahbariyati Kapadzening qarorini hurmat bilan qabul qilgan.

Assotsiatsiya o‘z bayonotida Temur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, unga samimiy minnatdorlik bildirgan va kelgusi murabbiylik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Manbalarga ko‘ra, ushbu mutaxassisga Superliga jamoalaridan, shuningdek, xorijdan takliflar bor.

Ma’lumot uchun, yaqin o‘tmishda O‘zbekiston milliy jamoasida futbolchi sifatida o‘ynagan Temur Kapadze 2018 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan, bir muddat milliy jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan, keyinroq Toshkentning «Lokomotiv» klubini boshqargan, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovga yordamchilik qilgan, shu bilan bir vaqtda, 2020-2024 yillarda O‘zbekiston yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgan, ushbu jamoa bilan tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

2025 yil yanvarida esa O‘FA slovakiyalik mutaxassis Srechko Katanets bilan shartnomani bekor qilgach, uning o‘rniga Timur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyligiga taklif etilgandi. U bu jamoa bilan ham tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Ammo 2025 oktyabrida O‘FA italiyalik Fabio Kannavaroni milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi. Bu qaror «turnirda munosib ishtirok etish va mundial havosini olib kirish uchun aynan futbolchi sifatida ishtirok etgan mutaxassisni jalb qilish ko‘zda tutilgani» bilan izohlandi. O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov yangi bosh murabbiy taqdimot marosimida Kapadze Kannavaroning murabbiylar shtabida ishlashda davom etishini ma’lum qilgandi, ammo o‘sha tadbirning o‘zida ushbu mutaxassis shtabda uzoq qolmoqchi emasligini bildirgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version